Siyosat
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari Najmiddin Toʻraxoʻjayev lavozimidan ozod qilindi.
Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yangicha ish tartibini belgilab berdi.
Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:
jinoyat qilishga moyilligi bor ogʻir ahvoldagi aholi bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ishlash boʻyicha “mahalla beshligi”ning vazifalarini aniq belgilab berish;
yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi.
Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, “mahalladagi beshlik” ularning muammolarini hal qiladi.
Tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun masʼul oʻrinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani koʻrsatib oʻtildi va shu munosabat bilan vazir oʻrinbosari N.Toʻraxoʻjayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q