Jamiyat
Ushbu haftaning katta qismida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan soʻng, kecha Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga Qozogʻiston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat 6-9 darajaga, baʼzi joylarda 10-12 darajaga pasaydi.
Bugun nisbatan salqin havoning kirib kelishi Oʻzbekistonning qolgan barcha hududlariga tarqaladi, ammo haroratning pasayishi respublikaning shimoli-gʻarbida pasaygani kabi sezilarli boʻlmaydi. Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida, janubda 40-42 darajagacha boʻladi.
Respublika hududining katta qismida bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda asosan jadalligi biroz boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
28-30-iyulda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: 28-30-iyul kunlari havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, bugun kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat 35-37 daraja, dam olish kunlari 36-39 daraja boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q