Siyosat
“Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi tizimida quyidagi yangi muassasalar tashkil qilinadi:
“Oʻzbekteatr” davlat muassasasi;
“Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasi.
Madaniyat va sanʼat sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Madaniyat va sanʼat sohasida taʼlimni tizimli isloh qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi, jumladan:
milliy musiqa sanʼati klasteri yaratiladi;
davlat musiqali, drama hamda qoʻgʻirchoq teatrlarida yagona repertuar strategiyasi asosida “ustoz-shogird” anʼanalari va mahorat maktablari asosida taʼlim berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2023-yil 1-sentyabrdan:
bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;
musiqa cholgʻuchiligi va ashula ijrochiligi boʻyicha pullik maxsus kurslarda oʻqitish tizimi joriy etiladi.
2024–2026-yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, quyidagilar ishlab chiqiladi:
madaniyat markazlari va koʻzi ojizlar uchun adabiyotlarni buyurtma asosida yetkazishga moʻljallangan axborot tizimlari, aholiga audiovizual asarlarni taqdim qilishga moʻljallangan maxsus video platforma;
yoshlarga milliy musiqa cholgʻulari toʻgʻrisida dastlabki taʼlimni berishga moʻljallangan “Cholgʻu.uz” mobil ilovasi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q