Jamiyat
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilishini eʼlon qildi.
“Respublikamiz hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Natijada yerusti temiryoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Shu bois, yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi. Shu bois poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Cheklovlar qachongacha amal qilishi xabarda keltirilmagan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q