Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
21:12 / 27.07.2023 1282 0

Navoiy shahri hokimi Muratxon Egamqulov oʻrniga Dilmurod Ergashev hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dilmurod Ergashev 1979-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tugʻilgan. Navoiy davlat konchilik institutini tamomlagan.

2017−2020-yillarda Karmana tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2020−2021-yillarda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK kapital taʼmirlash boshqarmasi boshligʻining sanoat obyektlari qurilishi boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshligʻining sanoat obyektlarini qurish boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//