Siyosat
26-iyul kuni Oʻzbekiston (Baxtiyor Saidov), Tojikiston (Sirojiddin Muhriddin) va Turkmaniston (Rashid Meredov) tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, uchrashuvda avgust oyida Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan uch mamlakat prezidentlarining sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. Vazirlar boʻlajak yigʻilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Eslatib otamiz, davlat rahbari 2022-yilning 21−22-oktabr kunlarida Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgandi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110958
Jamiyat
94492
Jamiyat
90421
Jamiyat
74430
Jamiyat
//
Izoh yo‘q