Koronavirus yana avj olgani haqidagi xavotirlarga rasmiy munosabat berildi

Saqlash
03:13 / 27.07.2023 1335 0

Oʻzbekistonda koronavirus (COVID-19) infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanepidqoʻmita xabar berdi.

 

Pandemiya boshlangan kundan boshlab joriy yilning 25-iyul holatiga dunyoda 692,1 mln nafardan ortiq bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan va ulardan 6,9 mln nafari (0,9 foiz) vafot etgan.

 

Shu bilan birga, kasallanish dunyo boʻylab pasayish tendensiyasiga ega, aniqlanayotgan bemorlarning aksariyatida kasallik yengil va oʻrta shaklda oʻtmoqda.

 

Respublikamizda joriy yil 25-iyul holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 255 193 nafarni tashkil etib, ulardan 253 235 nafari (99,0 foiz) sogʻaygan.

 

“Bugungi kunda respublikamizda koronavirus infeksiyasi boʻyicha vaziyat barqaror.

 

Biroq, koronavirus infeksiyasi va oʻtkir respirator infeksiyalarni miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud boʻlgan fuqarolar oʻrtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.

 

Kasallanish butun dunyoda chekingani bilan, yoʻq boʻlib ketgani yoʻq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori tomonidan joriy yilning 4-may kuni oʻtkazilgan yigʻilishda koronavirus COVID-19 pandemiyasini jamoat salomatligiga xavf solmaydigan darajadaligi eʼlon qilingan, shuning bilan birga kasallanishdan himoyalanish choralari davom ettirilishi lozimligini taʼkidlagan”, deyiladi munosabatda.

 

Taʼkidlanishicha, respublikada koronavirus infeksiyasi ustidan epidemiologik nazorat va koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//