Madaniyat
«Listapad» xalqaro Minsk kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi kinofestivalning ikkita sovrini bilan mukofotlandi. Bu haqida Oʻzbekiston kinematografiya agentligi axborot xizmati xizmati xabar berdi.
Mazkur film kinofestivalning “Gran-pri” hamda Belarus Respublikasi Prezidentining “Kinoda maʼnaviyat va insonparvarlik gʻoyalari uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, «Listapad» xalqaro kinofestivalida Muhammadali Iskandarovning “Osiyo arsloni” («Aziatskiy lev») hamda Akbar Bekturdiyevning «Uzbechka» (“Oʻzbek qizi”) yangi kinoloyihalari Kinematografiya agentligi hamda «Belarusfilm» milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish boʻyicha kelishuvlar olib borildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbek filmlari soʻnggi oyda qoʻlga kiritgan 6 xalqaro darajadagi mukofotni qoʻlga kiritdi. Avvalroq, 8-12-noyabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtgan «Korkut Ata» xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Tutqunlik” hamda “Xalq jasorati” filmlari ham sovrinlarni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari ham muntazam ravishda turli kinofestivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.
«Listapad» xalqaro Minsk kinofestivali Kinoprodyuserlar assotsiatsiyasining xalqaro federatsiyasi (FIAPF) roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, unda Boltiqboʻyi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q