Jamiyat
Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida vazni 2,2 kilogrammga yetadigan kartoshka yetishtirilmoqda. Kartoshka hosili 50-52 tonnani tashkil qilyapti. 2023-yil hosili uchun 11 gektar maydonda kartoshkaning “Bogʻizogʻon”, “Ranomi”, “Evolyushn”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari ekilgan.
Qayd qilinishicha, kartoshka nafaqat toʻyimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham oʻziga xos. Uning tarkibida oqsil, yogʻ, uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.

Xabarga koʻra, ilmiy tajriba stansiyasida kartoshka hosildorligi yildan yilga oshib bormoqda. Buning sabablari sifatida almashlab ekishning toʻgʻri yoʻlga quyilgani, kartoshka yetishtirishda oʻtmishdosh ekinlar toʻgʻri tanlangani, ekish muddati, meʼyoriga rioya qilinishi, eng asosiysi, kartoshka yetishtirishda innovatsion yondashib, sugʻorish va oʻgʻitlashning, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish usullari orqali bir paytda oʻtkazilgani, oʻsimlikning vegetatsiya davrida 2-3 bor tarkibida mikro va makroelementlar mavjud boʻlgan ozuqalar bilan suspenziya qilingani koʻrsatilgan.
Kartoshkaning Oʻzbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi davlat reyestriga kiritilgan, shundan 19 tasi mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q