Toshkent viloyatida suv narxi 2 barobar oshiriladi

Saqlash
20:43 / 26.07.2023 1398 0

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida eʼlon qilinishicha, Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi ikki barobarga oshiriladi.

Qaror ilovasiga koʻra, “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ taklif etayotgan 1 metr kub ichimlik suvi 1700 soʻmga koʻtariladi (avvalgi narxi 950 soʻmni tashkil etadi).

“Chimyon-Chorbogʻ suv taʼminoti” MCHJ taklif etayotgan suv narxi esa 1050 soʻmga oshirilishi belgilangan (avvalgi narxi 550 soʻm). “Musaffo obi hayot” narxlari esa deyarli oʻzgarmagan (565 soʻmga 600 soʻm).

Yangi tariflar 2023-yil 20-avgustdan boshlab qoʻllaniladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, avval Surxondaryo va Qashqadaryoda ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//