Jamiyat
22-iyul kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Shimoliy Fargʻona kanaliga tushib ketgan 2 ta Damas avtomobili olib chiqildi.
Qayd etilishicha, oʻsha kuni soat 12:50 atrofida Namangan shahrining “Gʻuncha” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Shimoliy Fargʻona kanaliga Damas avtomobili tushib ketgan. Qutqaruv otryadi maxsus texnikalar yordamida mashinani kanaldan olib chiqayotgan paytda yana bir Damas boshqaruvni yoʻqotib, u ham kanalga tushib ketgan.
Kanalga ikkinchi tushib ketgan avtomashina ichida 5 nafar bola boʻlgan. Qutqaruvchilarga ularning choʻkayotgan ovozi eshitilgan. Bolalar kanalda evakuatsiya qilingan, 3 nafari suv yutgan holda boʻlgani uchun birinchi yordam koʻrsatilgan.
Ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111891
Jamiyat
94687
Jamiyat
90686
Jamiyat
75389
Jamiyat
//
Izoh yo‘q