Jamiyat
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati odam savdosi qurboni boʻlgan qancha fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilganini ochiqladi.
Unga koʻra, chet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, masalan, odam savdosi qurboni boʻlgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqaro vatanga qaytarildi, 113 nafari vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi. Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qoʻyilgan 133 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berildi.
Yanvar–iyun oylarida Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 60 528 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan 18 259 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 42 269 tasi esa chet eldagi vakolatxonalarga kelgan. Barcha murojaatlar koʻrib chiqilib, ular boʻyicha oʻz vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatildi.
Oʻtgan olti oy mobaynida 60 744 nafar chet el fuqarosiga Oʻzbekistonga kirish vizalari berilgan, shundan 32 477 tasi elektron tarzda rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q