Oʻzbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
23:28 / 26.11.2021 915 0

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari ob-havo yogʻingarchiliksiz oʻtishini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 26-noyabr kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysining baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻli hududlarda havo bulutli, baʼzi joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

 

Shanba va yakshanba kunlari sovuq antitsiklon respublika hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika boʻylab yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

 

Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa 3-15 daraja iliq boʻladi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 4-7 daraja iliq atrofida boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//