Jamiyat
Samarqand viloyatida 45 yoshli erkak salkam 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilgan. Bu haqda Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati tumanlaridan birida 2013-yilda tugʻilgan qiz 2022-yilning fevral oyidan 2023-yilning iyun oyigacha oʻz togʻasi tomonidan zoʻravonlikka uchragan.
Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra, 1978-yilda tugʻilgan erkak qizga zoʻrlik ishlatib va qoʻrqitib, yalangʻoch holatda jinsiy aʼzolarini koʻrsatib, uni ham yechintirib jinsiy aloqa qilishga undagan.
Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan 12-iyulda erkakka nisbatan JKning 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi 22-iyulda JKning 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismidan JKning 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismiga qayta malakalangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Eslatib oʻtish kerak, JKning 119-moddasi 4-qismi bilan ayblanganlar 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Нодира
03:07 / 26.07.2023
Эй худо даҳшат бу, халқимиз шундай халқга айланиб бормаоқдами