Jamiyat
Qoraqalpog‘iston Respublikasida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan prorektor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Ajiniyoz” nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111891
Jamiyat
94687
Jamiyat
90686
Jamiyat
75389
Jamiyat
//
Izoh yo‘q