Siyosat
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qaroriga koʻra, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga masʼul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi. Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmasligi lozim, kursni tamomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.
Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110960
Jamiyat
94492
Jamiyat
90423
Jamiyat
74431
Jamiyat
//
Izoh yo‘q