Madaniyat
Janubiy Koreyaning yetakchi media kompaniyasi hisoblanmish “Korean Broadcasting System” (KBS) milliy telekanali orqali Oʻzbekiston turizm imkoniyatlari haqida “Oʻzbekiston, Buyuk Ipak yoʻli boʻylab vaqt sayohati” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Qayd etilishicha, 1-iyul kuni efirga uzatilgan teledastur Koreyadagi teletomoshabinlarning 4.8 foizini qamrab olgan. Bu yil boshidan buyon KBS milliy telekanalida efirga uzatilgan koʻrsatuvlar qamrovi boʻyicha ikkinchi rekord koʻrsatkich hisoblanadi.
Mazkur hujjatli film mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy davlatlarda keng targʻib etish va bu orqali yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida Koreyaning “Korean Broadcasting System” (KBS) milliy telekanali ijodkorlari tomonidan joriy yilning iyun oyida tasvirga olingan edi.
Tasvirga olish guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarida boʻlib, filmda oʻzbek xalqining madaniyati va anʼanalari, zamonaviy turistik infratuzilmasi, milliy taomlari hamda meʼmoriy yodgorliklari haqida hikoya qiladi.
Maʼlumot uchun, “Dunyo boʻylab piyoda sayohat qilish” teleloyihasi KBS'ning eng yaxshi sayohat dasturi boʻlib, Koreyaning potensial sayyohlari orasida eng mashhur dasturlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston haqida ushbu teledastur orqali bundan oldin 3 ta katta material keng yoritib oʻtilgan.
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q