Toshkent—Zomin yoʻnalishda ilk parvoz amalga oshirildi

Saqlash
01:05 / 25.07.2023 1467 0

Bugun, 24-iyul kuni Toshkent—Zomin yoʻnalishda ilk marotaba parvoz amalga oshirildi. Parvozning dastlabki yoʻlovchilari ommaviy axborot vositalari vakillari boʻlgan.

 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 3 ta samolyot uchun moʻljallangan piron, uchish-qoʻnish yoʻlagi va terminal quriladi. Poytaxtdan Zominga parvoz qiluvchi samolyot 19 oʻrindiqli boʻlib, 1500 km masofagacha ucha oladi.

 

Samolyot koʻtarilishi uchun uzun yoʻlak shart emas, 500-600 metr masofadan havoga koʻtarilish imkoniyatiga ega. Chexiyadan olib kelingan mazkur samolyotdan avgust oyi oxirida yana bitta olib kelinishi kutilmoqda.

 

Ayni vaqtda Samarqand viloyatiga ham reyslarni amalga oshirayotgan ushbu samolyot orqali keyinchalik Shahrisabz, Soʻx hamda Zarafshonga ham reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

 

Zomin tumanida aerodrom qurib bitkazilgandan soʻng har kuni reys amalga oshiriladi. Chipta narxi 184 ming soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//