Siyosat
Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahri barpo etiladigan yer maydonlari roʻyxati belgilandi.
Unga koʻra, yangi shahar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridagi 19 720,9 gektar yerda barpo etiladi:
Yuqori Chirchiq tumanidan Oʻzbekiston, Doʻstlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov mavzelari;
Oʻrta Chirchiq tumanidan Doʻstlik, Oxunboboyev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan yerlar ajratiladi.

Shundan qariyb 13 ming gektari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan (11 ming gektardan ortigʻi sugʻoriladigan) yerlar hisoblanadi. Ushbu yer uchastkalari aholi punktlari yerlari toifasiga oʻtkaziladi.
Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q