3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlarda oʻquvchi ayollarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

Saqlash
21:18 / 24.07.2023 1078 0

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxatini tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqiydigan 3 yoshgacha farzandi boʻlgan oʻquvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//