Jamiyat
Fargʻona shahri Yangi Asr koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 20-iyul kuni 11 yoshli qizchaning murdasi zoʻrlash va qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi.
Qizaloqning yaqinlari tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, 19-iyul kuni oʻzlariga tanish boʻlgan oila farzandi — 2006-yilda tugʻilgan, Fargʻona shahridagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi qizning uyiga kelib, onasi uni chaqirayotganini aytgan va uydan olib chiqib ketgan. 11 yoshli qizaloq ota-onasining yolgʻiz qizi boʻlgan.
“Ayam chaqiryapti, dedi. Darrov joʻnataman, keladi, dedi. Mayli, qizim akang bilan bor, dedim. Yugurib-yugurib ketishdi. Bir soat boʻlsa ham kelmadi. Domni orqasiga oʻtdik. Qizimni baqirib chaqirdim, qidirdim. Undan qizimni soʻradim. Bormadimi, dedi. Kelgani yoʻq, dedim. Kelib qolar, dedi”, — deya oʻsha kun haqida aytib berdi marhuma qizaloqning otasi.
Shuningdek, qizning onasi ham voqea haqida soʻzlab berdi. Uning taʼkidlashicha, 2006-yilda tugʻilgan bola dugonasining oʻgʻli boʻlgan.
“Oʻrtogʻim bor edi. Kirdi-chiqdimiz bor edi. Bollari kelib narsa olib ketardi. Ayang chaqiryapti, deb aldab olib chiqib ketgan ekan”, — deydi ayol.
Yigit yashaydigan MFY raisi u haqida gapirib, hech qanday yomon tavsiya bera olmasligini aytdi. Oldindan uning ustidan shikoyat tushmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (qasddan odam o‘ldirish), 118- (nomusga tegish) va 119-moddalari (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q