Jamiyat
Bugun, 24-iyul kuni Toshkent shahridagi bir nechta mahallada elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining xabar berishicha, Toshkent shahrida uzoq vaqt foydalanishda boʻlgan kabellar va transformatorlarni modernizatsiya qilish, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida olib boriladigan taʼmirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi:
Yunusobod tumani: “Yunusobod” va “Akbarobod” MFYlarida soat 10:30 dan 15:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYsida soat 9:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham bildirib oʻtilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111892
Jamiyat
94687
Jamiyat
90686
Jamiyat
75390
Jamiyat
//
Izoh yo‘q