Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagani aks etgan video tarqaldi.
Holat boʻyicha Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Toʻlaganov munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, videodagi shaxs Piskent tumanida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan F. X. boʻlib, u ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy roʻyxatda turadi.
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyaning tegishli maʼlumotiga koʻra, fuqaro bolaligidan 2-guruh nogironi.
“Holat yuzasidan fuqaroning yaqinlari bilan oʻtkazilgan profilaktik suhbat va tergovga qadar surishtiruv davomida uning hozirgi holati mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, davolanishi uchun Olmaliq shahridagi ruhiy asab kasalliklari dispanseriga joylashtirildi”, — deyiladi IIBB xabarida.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q