Jamiyat
“Oʻzgidromet” xizmati dam olish kunlari – 21−23-iyul sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha oʻrtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat +35…+38 daraja, janubda +40…+42 daraja boʻladi. Respublika hududining katta qismida havo quyoshli boʻladi, faqat Fargʻona vodiysining togʻli hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz koʻtariladi. Kunduz kunlari harorat 37…+40 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +41…+43 darajagacha boʻladi.
Keyingi hafta davomida Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1−2 darajaga koʻtariladi.
Poytaxtda 21−23-iyul kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36…+38 daraja, shanba va yakshanba kunlari +38…+40 daraja boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q