Jamiyat
Qozogʻistonning QazaqGaz shirkati joriy yilning oktyabr oyidan Oʻzbekistonga Rossiya gazini tashishni yoʻlga qoʻymoqchi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov maʼlum qildi.
“Milliy kompaniya rahbari Markaziy Osiyo magistral gaz quvurining Qozogʻiston qismi – Rossiya gazini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga tashish markazi boʻyicha tayyorgarlik ishlarining borishini koʻzdan kechirdi. Oʻzbekistonga gaz tranziti 2023-yil oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan”, – deyiladi Kazinform agentligi xabarida.
Shuningdek, kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirilayotganini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyi oʻrtalarida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va QazaqGaz oʻrtasida Rossiya tabiiy gazini Oʻzbekistonga tranzit qilish boʻyicha kelishuv imzolangan edi.
Energetika vazirligi ham Shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktyabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi hamda yillik hajm qariyb 2,8 milliard kubometrni tashkil etishini maʼlum qilgan edi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q