Oʻzbekistondagi eng ommabop ilova maʼlum boʻldi

Saqlash
21:08 / 21.07.2023 1998 0

Markaziy Osiyo tadqiqotlar guruhi oʻzbekistonliklar kundalik muammolarni hal qilishda qaysi ilovalardan foydalanishi boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

18 dan 54 yoshgacha boʻlgan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotga ixtisoslashtirilgan xizmatlar, toʻlov dasturlari, messenjerlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar kiritilgan.

Unga koʻra, xarid qilish uchun foydalanadigan xizmatlar reytingida Uzum Market 72 foiz ovoz bilan birinchi, Instagram 45 foiz, Telegram esa 44 foiz ovozlar bilan ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band qilgan. Shuningdek, ZoodMall (43%), OLX (32%), Texnomart (28%), Alif (28%) kabi mashhur xarid dasturlari ham reytingdan joy olgan.

Kundalik toʻlov ilovalari reytingida esa Click 71 foiz ovoz bilan yetakchilik qilgan. Payme 65 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinda, Uzum Bank 57 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

Shuningdek, Markaziy bankning milliy 2.0 ilovasi (53%), Xalq bankining Xalq Mobile ilovasi (38%), Ipoteka bankining Ipoteka Mobile (38%) dasturlari mamlakatda mashhur boʻlgan xizmatlar qatoriga kiritilgan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//