Jamiyat
Toshkent shahar hokimining farmoyishi bilan Keles yoʻli koʻchasi vaqtincha yopildi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Olmazor tumani Keles yoʻli koʻchasini kengaytirish va rekonstruksiya qilish hamda atrofini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 19-iyul soat 20:00 dan 30-avgust kuniga qadar Keles yoʻli koʻchasining Noraztepa koʻchasi bilan kesishmasidan Uzumbogʻ koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan oraligʻi barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopildi.
“Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, — deyilgan xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q