Jamiyat
Qoraqalpogʻiston Respublikasida budjet mablagʻlari asossiz tarzda markazlashtirilgan. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Qoraqalpogʻiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan asossiz ravishda mablagʻlar budjet tashkilotlariga ajratib berilmasdan markazlashtirgan holda jamlanib, keyinchalik boshqa yoʻnalishlarga qayta taqsimlangan.
Xususan, oʻtkazilgan oʻrganishda markazlashtirilgan mablagʻlardan tanlov asosida 102 mlrd soʻmning sarflanishi tekshirilganda 14,2 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
“71,2 mlrd soʻmlik qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarishda 7,5 mlrd soʻmlik asossiz ortiqcha mablagʻlar olingan hamda sifatsiz ishlar bajarilgan boʻlsa, 30,8 mlrd soʻmlik asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar 6,7 mlrd soʻmga qimmat narxlarda xarid qilingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrish va kelgusida yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga koʻrsatma yuborildi”, deyiladi Hisob palatasi bayonotida.
Oʻrganish yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111894
Jamiyat
94688
Jamiyat
90687
Jamiyat
75392
Jamiyat
//
Izoh yo‘q