Jamiyat
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 64 yoshli erkak oʻzining iti tishlashi oqibatida vafot etdi. Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2023-yil 18-iyul kuni soat 19:20 da quturish kasalligiga gumon qilinib, bir nafar 64 yoshli fuqaro A.S. (erkak) yotqizilgan. Fuqaroni 2023-yil fevral oyida oʻzining 3 yoshli, qora rangli iti chap oyoq boldir sohasini tishlagan. Iyul oyigacha boʻlgan vaqt davomida bemor tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan.
Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi tomonidan oʻtkazilgan davo muolajasiga qaramasdan, bemor 19-iyul kuni soat 21:35 vafot etgan. Bemordan namuna olish uchun patologik anatomiya tekshiruviga joʻnatildi. Marhumga jarohat yetkazgan itni boshqa fuqarolarga jarohat yetkazganligini oʻrganish va kasallikning oldini olish maqsadida marhum yashash manzilida shtab tashkil etildi.
Tibbiyot xodimlaridan iborat 10 ta guruh tuzilib, 32 nafar tibbiyot xodimi xonadon aylanish tadbirlariga jalb etildi. Sanepidqoʻmitaning Boyovut tumani boʻlimi 10 nafar xodimlari epidemiologik surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Sirdaryo viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarma masʼullari hamda tuman mutaxassislari tomonidan mahalladagi barcha xonadonlardagi itlarni, mushuklarni quturish kasalligiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q