Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahrida 90 yoshli onaxon nevarasi tomonidan kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 18-iyul kuni Qoʻqon shahar, A.Donish koʻchasi 1 uyda oʻzaro mulkiy nizo tufayli qarindoshlar L.T. va G.T. (ayollar) oʻzaro janjallashib ketishgan. Mazkur janjalga ushbu xonadonda yashovchi M.T (suratdagi keksa ayol) ham aralashib, ularni ajratmoqchi boʻlgan.
M.T.ni janjal vaqtida biror bir shaxs urib tan jarohati yetkazganligi holati yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.
Hozirda janjal ishtirokchilari L.T., G.T., M.T. va boshqalarning badanidagi tan jarohatlari ogʻirlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va Qoʻqon shahar IIB tomondan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q