Jamiyat
2023-2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlandi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi statistikasiga koʻra, 2023-2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatdan oʻtgan va taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning yarmidan koʻpi kunduzgi taʼlim shaklini tanlagan boʻlsa, katta qismi sirtqi taʼlim shaklini tanlagan.
Kunduzgi taʼlim shakli — 577 096 nafar;
Kechki taʼlim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy taʼlim shakli — 8 164 nafar.
Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):
Oʻzbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.
Doimiy yashash hududi boʻyicha esa eng koʻp hujjat topshirganlar Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari abituriyentlari boʻldi.
Hujjatlar qabuli tugagan boʻlsa-da, abituriyentlarga toʻlov qilish uchun yana bir kun berildi. Abituriyentlarda 21-iyul soat 23:59 gacha toʻlov qilish imkoni bor.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q