Jamiyat
“Oʻzgidromet” direktori Sherzodxoʻja Habibullayev havo harorati yana koʻtarilishi va chang-toʻzonlari boʻlishidan ogohlantirdi.
Unga koʻra, 24—27-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kutilmoqda.
Shu sababli harorat:
24—25-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;
24—27-iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;
25—27-iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha koʻtariladi.
24—26-iyul kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q