Toshkent viloyatida bogʻcha tarbiyachisi bolalarni poyabzal bilan urdi

Saqlash
03:11 / 21.07.2023 2122 0

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarmoqlarda bogʻcha tarbiyachisi bolalarni urayotgani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Voqea 18-iyul kuni Yangiyoʻl tumani “Ibrat” MFYda joylashgan “Ominaxon” nomli nodavlat oilaviy MTTda sodir boʻlgan. 21 yoshli tarbiyachi H.A. (ayol) shu bogʻchadagi ikki nafar (5−6 yoshli) oʻgʻil bolani oʻzaro talashib, mashgʻulotga xalal bergani uchun urishib, uy oyoq kiyimi bilan urgan.

Jarayon voqeaga guvoh boʻlgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa masʼullar bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan. Bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan oʻtkazish uchun yoʻllanma berilgan.

“Ekspertiza xulosasi va oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi. Oʻrganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan boʻshatilib, tadbirkor ogohlantirildi”, — deyiladi xabarda.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//