Jamiyat
19-iyul kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga koʻra, “Yutong” rusumli yoʻlovchi avtobusi yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyoda, 1972-yilda tugʻilgan Gʻ.K.ni urib yuborgan.
“Toshshahartransxizma” matbuot xizmati xabarida aniqlik kiritilishicha, avtobus Bobur koʻchasi boʻylab Aeroport koʻprigidan Askiya bozori chorrahasiga yaqinlashgan vaqtda, yoʻlning qatnov qismida piyodalar uchun belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtayotganida Gʻ.K oldidan yengil avtomashina chiqishi natijasida toʻsatdan orqaga harakatlangani sababli avtobus uni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida 16-sonli shahar shifoxonasiga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q