Oʻzbekistonda yil boshidan buyon qancha mablagʻ xayriya uchun sarflangani maʼlum boʻldi

Saqlash
22:14 / 20.07.2023 988 0

Oʻzbekistonda 2023-yilning oʻtgan davrida 16 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ xayriya sifatida sarflangan.

Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish maqsadida “Qurʼon va tajvidni oʻrgatish” oʻquv kurslari dars xonalariga 11 dona smart doska uchun – 187 000 000 soʻm sarflangan.

Shuningdek,

diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda texnik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 2 393 163 130 soʻm;

diniy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 141 nafar talabalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash va toʻlov-shartnomalari uchun – 745 635 000 soʻm;

masjidlar va ziyoratgohlarning xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 130 000 000 soʻm;

mamlakatda faoliyat olib borayotgan 2119 nafar imom-xatiblarning har biriga bir martalik 5 000 000 soʻmdan jami 10 595 000 000 soʻm, 192 nafar otinoyilarning har biriga 3 000 000 soʻmdan jami 576 000 000 soʻm;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 1 195 915 000 soʻm, shundan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 407 900 000 soʻm;

turli xayriya tadbirlari uchun – 216 000 000 soʻm;

viloyat vakilliklarining maʼmuriy xarajatlari uchun berilgan moddiy yordam – 70 000 000 soʻm miqdoridagi mablagʻlar sarflandi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//