Oʻzbekistonda yana bir avtomobil zavodi ochilishi mumkin

Saqlash
22:01 / 20.07.2023 945 0

Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimligi xabariga koʻra, tashrifning ikkinchi kuni JAC Mators kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan anʼanaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib borilgan.

Hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlar ketayotgani aytilgan. Davlat rahbari tomonidan viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida anʼanaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirigʻi berilgan.

Kompaniya Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida oʻziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomobillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinayotganligi qayd etilgan. Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qogʻozi boʻlishini taʼkidladi. Kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda.
 

“Viloyatda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish boʻyicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//