Siyosat
Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
19-iyul — islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida O‘zbekiston prezidenti ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Kaʼbatullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi.
“Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qildi. Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz, yosh avlodimiz baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, aynan shu kuni Kaʼbaning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib borgan edi. Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakat yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton al-Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muzokaralar va umra amallaridan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlanib, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q