Muftiy Nuriddin domla yuksak medal bilan taqdirlandi

Saqlash
12:11 / 26.11.2021 857 0

2021-yil 25-noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

“Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

 

Notiqlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi.

 

Konferensiyada mana shunday ishlarning munosib e’tirofi sifatida ham muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi buyrug‘i asosida yuksak medal bilan taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish