Siyosat
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo-Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun 18–19-iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar davlati, Kuvayt davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon Sultonligi, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit doirasida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q