Siyosat
Germaniyaning Kyoln universiteti tilshunoslari ilk bor Markaziy Osiyoning qadimiy, nufuzli davlatlaridan biri Kushonlar saltanati yozuvini oʻqishga erishdi. Ushbu matnlar mazmuni 70 yildan ortiq vaqt davomida sir boʻlib qolayotgan edi.
Kushonlar yozuvi Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi 200-yillardan milodning 700-yillarigacha qoʻllanilgan. Bugungi kunga kelib, ushbu davrga aloqador bir necha oʻnlab qisqa matnlar maʼlum. Ular Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududidan topilgan.
1960-yillarda fransuz arxeologlari Afgʻonistondagi Dashti-Novurda uch tilda matn topgan edi. 2022-yilda Tojikiston shimoli-gʻarbidagi Olmosiy darasida ikki tilda: Kushon va allaqachon maʼlum boʻlgan Baqtriya tilida qisqacha bitik topilgan.
Olimlar mazmuni maʼlum tillardagi matnlarni tahlil qilib, kushonliklarniki bilan solishtirgan. Ular Vema Taxtu ismini va “Shahanshoh” unvoni maʼnosini ochishga muvaffaq boʻlishdi. Keyinchalik, tilshunoslar Baqtriya matnidan foydalanib, belgilarning keyingi ketma-ketligini taniy olishdi va alohida belgilarning fonetik maʼnolarini aniqladi. Hozirgacha ular harflarning 60 foizga yaqini mazmunini ochishga muvaffaq boʻlishdi va bu borada ish davom etmoqda.
Tadqiqot guruhining fikricha, Kushon yozuvi mutlaqo nomaʼlum oʻrta eroniy tilga mansub boʻlib, u na baqtriya, na xoʻtonsak tiliga oʻxshamaydi. Bu tilda Shimoliy Baqtriyaning oʻtroq aholisi yoki ichki Osiyodagi koʻchmanchi xalqlar vakillari gapirishi mumkin edi. Muayyan vaqt davomida u Kushon imperiyasining rasmiy tillaridan biri boʻlib xizmat qilgan. Dastlabki nom sifatida tadqiqotchilar “Eteo-toxariy” atamasini taklif qilishdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q