Siyosat
9-iyul kuni boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari saylovda Oʻzbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 14-iyul kuni boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.
Saylovlarda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida koʻrsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 87,05 ovozini toʻpladi.
Inauguratsiya Senat binosida boʻlib oʻtdi. Marosim boshlanishidan avval Senat majlislar zaliga shtandart (bayroq) va prezident belgisi olib kirildi.
Parlament quyi va yuqori palatalarining qoʻshma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini topshirdi.
Soʻng Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi. Prezident quyidagi soʻzlarni aytdi: “Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q