Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14-iyul kuni boʻlib oʻtadi

Saqlash
02:12 / 14.07.2023 2185 0

2023-yil 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisi boʻlib oʻtadi.

Parlament quyi palatasining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi Oʻzbekiston Respublikasi saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari Oʻzbekiston prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Prezident saylovida saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi ovoz bergan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//