Magistrant talaba alifbo mavzusida kichik eksperiment o‘tkazdi

Saqlash
11:36 / 26.11.2021 971 0

Magistr talaba Sadriddin Shams alifbo islohati qog‘ozni qanchalik tejashi bo‘yicha tajriba o‘tkazdi.

“Agar men Teodor Drayzerning "Amerika fojiasi" kitobini printerdan chiqarmoqchi bo‘lsam, menga nechta qog‘oz-varaq kerak bo‘lishini aniqlamoqchi bo‘ldim.


Demak, kirill alifbosida chiqarmoqchi bo‘lsam, menga 450 varaq kerak bo‘lar ekan. Agar lotin alifbosida chiqarmoqchi bo‘lsam-chi? Hozirda kirildan-lotinga, lotindan-kirilga o‘tkazib beruvchi dasturlar ham onlayn servislar ham ko‘p. Telegramdagi shunday servislardan biri – @bexatobot onlayn servisiga murojaat qildim va bir zumda kitobning lotin alifbosidagi ko‘rinishiga ega bo‘ldim.
Quyida esa kitobimizni lotin alifbosida printerdan chiqarish uchun menga necha varaq kerak bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.

 



Alifbolar orasida farq 30 qog‘oz-varaqni tashkil qilayapti. Demak, varaqni iqtisod qilmoqchi bo‘lsam, lotin alifbosidan foydalanganim yaxshiroq ekan. Keyin birdan yani bir fikr kelib qoldi.
Lotin alifbosidagi sh, g', o', ch harflarini bitta – ş, ğ, ó, ç harf bilan belgilasam, unda qanday natija kelib chiqarkin? Ha, erinmadim. Va buni ham tekshirib ko‘rdim.
Word dasturida "zamenit" – alishtirish amali bo‘lib men shu amaldan foydalanib sh, g', o', ch harflarini ş, ğ, ó, ç harflariga o‘tkazib oldim. Natija esa quyida:

 



Farq kattaligini sezayapsizmi? Kirildan lotinga o‘tkazganimda 30 varaq, sh, g', o', ch harflarini bitta harf (ş, ğ, ó, ç) bilan belgilaganimda esa yana 16 varaq, jami 46 varaq tejab qolar ekanman. Bu bir kitob misolida edi. Endi shuni respublika misolida bir mulohaza qilib ko‘ring. Yurtimizda har yili necha minglab kitoblar, gazetalar, jurnallar va xkzlar nashrdan chiqadi. Har bir kitob, gazeta, jurnaldan ancha qog‘oz-varaq tejab qolinsa yaxshi emasmi? Bu –birinchidan.
Ikkinchidan, qog‘ozni biz chetdan pulga sotib olamiz. To‘g‘rimi? Demak, biz necha yillardan buyon chetga valyutamizni isrof qilib yuborgan bo‘lamizmi shunda? Shu paytgacha kim bilsin million balki milliard dollarlik pulni isrof qilib yuborgandirmiz?! Bunisi albatta qorong‘u, deb yozadi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//