Madaniyat
Prezident administratsiyasi shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva Buxoroda 2025-yilda ilk Biyennale boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Buxoroda Biyennaleni oʻtkazish yuqori maqsadlardan biri — Oʻzbekistonning xalqaro sanʼat hamjamiyatiga qoʻshilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Biyennale tashkil etish va oʻtkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashishga, shuningdek, anʼanaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.
“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni oʻtkazish xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q