Jamiyat
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 27 yoshli yigit oʻzini koʻp qavatli uyning 8-qavatidan tashlab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.
9-iyul kuni soat 09:20 atrofida shaharning Konstruktorchilar dahasida D.R. oʻzi yashagan koʻp qavatli uyning balkon qismidan tushib, vafot etgan.
Aniqlanishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan D.R. oʻsha xonadonda oila aʼzolari bilan birga yashagan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhum soʻnggi 5 yil davomida oila aʼzolari bilan birgalikda Rossiyada ishlab kelib, shu yilning may oyi boshida Oʻzbekistonga qaytgan. Vaqtincha ishsiz boʻlib, Boʻstonliq tumanida oilasiga tegishli dala hovlida qurilish ishlari bilan band boʻlgan.
Otasining soʻzlariga koʻra, yigitda 2023-yilning martidan beri ruhiy buzilish kuzatilgan.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q