Siyosat
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi navbatdan tashqari prezident saylovi jarayoni boʻyicha bayonot eʼlon qildi.
Bayonotga koʻra, elchixona “Oʻzbekiston fuqarolarining saylovdagi ishtirokini yuqori baholaydi va saylov uchastkalarida ular prezident Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlayotganini qayd etadi”.
“Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida oʻz vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qoʻshma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro nazorat va muvozanatni taʼminlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi. Bu tamoyillarga rioya qilish vakillar boshqaruvining asosi hisoblanadi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, AQShning prezident Mirziyoyev va Oʻzbekiston hukumati bilan iqtisodiy, taʼlim, gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha hamkorlik qilishga intilishi taʼkidlangan.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev saylovda 87,05 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q