Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayron oʻldirildi

Saqlash
20:29 / 11.07.2023 1607 0

Navoiy viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayronlarni ovlagan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 9-iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari, viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbiri oʻtkazilgan. Reyd jarayonida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi Niva rusumli mashina tekshirilgan. Tekshiruv jarayonida mashina yukxonasida ikki dona otilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlangan.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati Narpay tumani “Boltali” qishlogʻida yashovchi fuqarolar Q.Sh. va Q.F.ga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani maʼlum boʻlgan.
 

“Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q.Sh. boshqaruvidagi mashina jarima maydonchasiga qoʻyildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIBga yuborildi. Hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar toʻplanmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Oyina.uz'ni Telegramda o‘qing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//