Jamiyat
2022-yilda 60 mingga yaqin oʻzbekistonlik boshqa davlatlarga ishlash uchun ketgan. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi kanaliga joylangan lavhada maʼlum qilindi.
Oʻtgan yili 60 ming nafarga yaqin oʻzbekistonlik boshqa mamlakatlarga qonuniy ishga joʻnatilgan.
Tahlillarga koʻra, 2000-yilda dunyo boʻyicha migrantlar soni 96 million kishini, 2022-yilda bu raqam 164 million kishini tashkil etgan. Shundan 46 foizi ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston aholisining 2 million nafardan koʻp qismi boshqa davlatlarda turli sohalarda mehnat qilmoqda. Xususan, eng koʻp — 1,5 milliondan oshiq oʻzbekistonlik muhojirlar Rossiyada ishlaydi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda mamlakat mehnat bozoriga har yili 700 mingga yaqin yangi ishchi kuchi kirib keladi. Oʻzbekistonda 1,3 milliondan ortiq odam kambagʻallik boʻyicha roʻyxatda turadi.
Mamlakatga 2000-yilda migrantlar hisobidan 790 million dollarlik pul oʻtkazmalari kelib tushgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yilda 8 milliard dollarni tashkil etgan.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q