Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini muddatidan ilgari oʻtkazilgan Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy tabriklab, qardosh Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik kengayib bormoqda. Parlamentlar oʻrtasidagi aloqalar va gumanitar almashinuvlar faollashdi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q