Madaniyat
O‘sh davlat universiteti qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti qoshida esa Qirg‘iz tili va madaniyati markazi ochiladi.
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘tkazilgan muzokarada ikki oliy taʼlim muassasasi vakillari universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy izlanishlar, madaniy tadbirlar oʻtkazish, xalqaro reytinglarda bir-birini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fikr almashdilar. Yakunda ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
– Ikki universitet qoshida qardosh xalqlar tili va madaniyatiga bag‘ishlangan markazlarning ochilishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan boshlangan qoʻshma tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda, – dedi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
111124
Jamiyat
94526
Jamiyat
90471
Jamiyat
74598
Jamiyat
//
Izoh yo‘q